Wed, 03/02/2022 - 16:26
Mahallalar yoshlar yetakchilari uchun seminar
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti rektori tashabbusi bilan Yakkasaroy tumanidagi 21 ta MFY larda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari uchun o'quv seminari tashkil etildi. Seminarda birinchi prorektor Bahodir Xoliqov, tuman hokimi oʻrinbosari Ilyos Rahimov, mutasaddi tashkilotlarning vakillari hamda tyutorlar va dekan o'rinbosarlari ishtirok etdi. Seminar davomida mahalladagi yoshlarning bandligini taʼminlash, ularning iqtidorini namoyish qilishga qay yoʻsinda ko'maklashish masalalari muhokama qilindi. Tashrif buyurgan mehmonlarga universitetdagi barcha shart - sharoitlar, to'garaklar batafsil tanishtirildi.


