Yangiliklar

img
Fri, 03/11/2022 - 23:11

Mahalla fuqarolar yigʻini bilan kelgusidagi ishlar rejalashtirib olindi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 92-son qaroriga muvofiq, "Har bir mahallaga bir ziyoli" tashabbusi amalga oshirilmoqda.

 

 

 

 

Tashabbusning asosiy maqsadi mahalla yoshlariga ma'naviy-ma'rifiy, o'quv, ilmiy jihatdan koʻmak berishdir.

Shu maqsadda universitetimizning 1-prorektori Bahodir Xoliqov boshchiligidagi ishchi guruh Yangi hayot tumani "Ibrat" MFY 8-umumiy o'rta ta'lim maktabida tashkil etilgan Yoshlar festivalida ishtirok etdi.

Festivalda o'quvchi-yoshlarga universitetimiz tyutori Eldor Saparov tomonidan "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi. Yoshlar yetakchisi Orifjon Olimjanov esa bitiruvchi sinf o'quvchilari bilan oliy taʼlim muassasalariga qabul, kitobxonlik haqida suhbat uyushtirdi, savollarga javob berdi.