Yangiliklar

img
Tue, 06/13/2023 - 19:10

Magistrlik dissertatsiyalari himoyasi boshlandi

Joriy yilda universitetimizda 12 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha  266 nafar magistlar o‘qishni tamomlab, magistrlik darajasiga ega bo‘ladilar.
O‘tgan ikki yil davomida magistrlar tanlagan mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarida nazarda tutilgan fanlardan puxta bilim egallash bilan birga ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib bordilar.
Kafedrlarda tashkil etilgan ilmiy seminarlar magistrlarning sohaga oid maummolarni o‘rganish, magistrlik dissertatsiyasi uchun mavzu tanlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga kirib borishlariga xizmat qildi. 
Universitetning yetakchi olimlari ilmiy rahbarligida  olib borilgan tadqiqot ishlari yuzasidan  respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-nazariy anjumanlarda ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar, nufuzli jurnallarda ilmiy maqolalari nashr qilindi.   
Ayni  kunlarda mutaxassislik kafedralarida O‘zbek tili va adabiyoti, Lingvistika” (o‘zbek tili), Folklorshunoslik va dialektologiya, Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz tili), Sinxron tarjima (ingliz tili), Badiiy tarjima (ingliz tili), Ilmiy-texnik tarjima (ingliz tili), Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (o‘zbek tili), Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti), Adabiyotshunoslik (oliy adabiyot kursi), Kompyuter lingvistikasi Adabiyotshunoslik (adabiyot nazariyasi) kabi mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlik dissertatsiyalari himoyasi jarayonlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda.


Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalariga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, shuningdek, respublikamizning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan tayinlangan fan doktori, professorlar raislik qilmoqdalar.  
Jarayonlarni kuzatib, mutaxassislarga alohida to‘xtalamiz va himoyadan muvaffaqiyatli o‘tgan magistrlarning  dil izhorlari va kelgusidagi rejalari bilan tanishtirib boramiz.