Yangiliklar

img
Fri, 11/17/2023 - 17:58

Magistrantlar uchun maxsus ma’ruza

O'zbek filologiyasi fakulteti Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi va Turkiyaning Gʻozi universiteti professori, f.f.d. Fatih Keskin tomonidan Adabiyotshunoslik (jahon adabiyoti) yo'nalishi 1-kurs magistrantlariga "Turkiy xalqlar adabiyotiga kirish" mavzusida ma'ruza tashkil qilindi.
Ma’ruzada turkiy xalqalarning mushtarak adabiy manbalari, turkiy tillarning boʻlinishi va yangi tillarning shakllanishi jarayonida yaratilgan badiiy asarlardan tortib, zamonaviy turkiy dunyo ijodkorlari asarlarigacha boshlangʻich ma’lumot berildi. Shuningdek, turkiy xalqlarning badiiy folklorida hayot tarzining aks etganligi, tarixiy ashyolar bilan ularning naqadar mutanosibligi masalasi ham tushuntirildi.