Yangiliklar

img
Thu, 03/03/2022 - 17:36

Linguaskill test tizimidan foydalanib, xalqaro til bilish sertifikatiga ega bo'ling!

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish Agentligi tomonidan xalkaro Linguaskill test tizimi yo’lga qo’yildi. Linguaskill Cambridge Assessment English - Cambridge University tashkiloti oilasiga kiruvchi ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi
onlayn tizim hisoblanadi. Mazkur xalqaro test tizimi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish agentligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining "Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro
tan olingan sertifikatlarning ro’yxatini hamda xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar o’rtasidagi muvofiqlik darajasini tasdiqlash to’grisida"gi 3318 son qo’shma qarorida tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar ro’yxatiga kiritilgan.

Linguaskill xalqaro test tizimining afzalliklari