Yangiliklar

img
Thu, 10/29/2026 - 12:55

Kuraş böyiça “Rektor kubogi” musobaqasi bölib ötdi

2026-yil 28-oktabr kuni Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida “Beş taşabbus olimpiadasi” doirasida kuraş böyiça “Rektor kubogi” musobaqasi bölib ötdi. Mazkur musobaqa talaba-yoşlar örtasida milliy sport turiga bölgan qiziqişni oşiriş, jismoniy faollikni rağbatlantiriş hamda soğlom turmuş tarzini keng tarğib etişga qaratildi.

Musobaqa universitet boş hakami R. Alimboeva va kuraş hakami B. Tölaganov hamkorligida taşkil etildi. Bellaşuvlar davomida talabalar özlarining jismoniy tayyorgarligi, kuç-ğayrati, çaqqonligi va kuraş olib boriş mahoratini namoyon etdilar. Iştirokçilar örtasida keçgan bahslar sportçilardan nafaqat jismoniy kuç, balki sabr-toqat, qat’iyat, tezkor qaror qabul qiliş va raqibga nisbatan hurmat kabi fazilatlarni ham talab etdi.

Qizğin va murosasiz bellaşuvlar yakunida ğoliblar aniqlandi. Musobaqaning birinçi örnini ÖTA 218-guruh talabasi Nazirov Mavlonbek egalladi. Ikkinçi örin TNA 305-guruh talabasi Axadov Axadga nasib etgan bölsa, uçinçi örinni TNA 104-guruh talabasi Rustamov Odilbek qölga kiritdi. Ğoliblarning natijalari ularning sportga bölgan intilişi, tayyorgarligi va bellaşuvlar davomida körsatgan mahoratini namoyon etdi.

 

“Rektor kubogi” musobaqasi talabalarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ular örtasida jamoaviylik va özaro hurmat muhitini mustahkamlaş, şuningdek, yoşlarning sport orqali öz imkoniyatlarini namoyon etişlari uçun muhim maydon bölib xizmat qildi. “Beş taşabbus olimpiadasi” doirasida taşkil etilayotgan bunday sport tadbirlari talaba-yoşlarni faol hayot tarziga undaş, ularning jismoniy va ma’naviy barkamolligini qöllab-quvvatlaş hamda milliy sport turlariga bölgan e’tiborni yanada kuçaytirişda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Musobaqada ğoliblikni qölga kiritgan talabalar hamda sovrindorlarni samimiy muborakbod etamiz! Ularga kelgusidagi sport bellaşuvlarida yangi yutuqlar, mustahkam iroda va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Universitetda sportni rivojlantiriş, iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş va talabalarning salohiyatini röyobga çiqarişga qaratilgan taşabbuslar izçil davom etadi.