Yangiliklar

img
Sat, 05/07/2022 - 16:24

Kun yangiligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarori ijrosi yuzasidan Respublika ishchi guruhi Fargʻona viloyatida faoliyat olib bormoqda.

Mazkur jarayon joriy yilning 5-may kunidan boshlandi. Ishchi guruh tarkibida universitet Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Bahodir Xoliqov ham ishtirok etmoqda.

Shuningdek,   ishchi guruh vakillari Qoʻqon shahridagi Shayxon, Gʻishtkoʻprik, Istiqlol, Istiqbol, Bunyodkor, Oʻrinbogʻ, Ustabozor mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashib, ularning ish faoliyatlarini oʻrganmoqda.

Oʻrganish davomida yoshlar bilan tizimli ishlarning olib borilayotgani, sport musobaqalariga yoshlarni jalb qilish yuzasidan aniq rejalar va koʻnikmalar mavjudligi aniqlanib, tahlil etilmoqda hamda tegishli tavsiyalar berilmoqda. Ma’lumot o’rnida, ishchi guruh faoliyati yana bir necha kun davom etishi koʻzda tutilgan.