Yangiliklar

img
Wed, 01/12/2022 - 15:48

Kredit modul tizimida ARM faoliyatini tashkil etish

joriy yilning birinchi ish kunidan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining   professor-oʻqituvchilari uchun  qator seminar treninglar tashkil etib kelinmoqda. Seminar treninglarning asosiy qismi kredit modul tizimiini shakllantirish mavzulari doirasida bormoqda.
Bugun 12-yanvarda oʻtkazilgan seminar-trening “Kredit modul tizimida ARM faoliyatini tashkil etish” mavzusiga bagʻishlandi. Seminar-treningni kredit-modul tizimida kitoblardan foydalanish tartibi va madaniyati haqida bordi. Seminarda elektron kitoblardan foydalanish, elektron roʻyxatdan oʻtish hamda ARMning boshqa bir qator imkoniyatlari ochib berildi.  Seminar treningni ARM direktori  B. Malaboyev olib bordi.  
Shuningdek, bugungi kunda ARM fondi, elektron kitoblar jamlanmasi, ilmiy izlanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamqida ham batafsil toʻxtalib oʻtildi. 
Seminar-treningda universitetning barcha professor-oʻqituvchilar  qatnashdi.