
Koʻzum qarosida mardum kibi vatan qilgʻil
Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida buyuk oʻzbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bagʻishlab “Koʻzum qarosida mardum kibi vatan qilgʻil” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari M. Hojimatov, f.fd. professor Nurboy Jabbor, p.f.d. Qozoqboy Yoʻldoshevlar soʻzga chiqdi. Tadbirning badiiy qismida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Gulbahor Erqulova, “Nihol” mukofoti sovrindori Moʻminjon Sadriddinov Navoiy gʻazallariga bastalangan kuy qoʻshiqlarni armugʻon etdi. Tadbirda talabalar, maktab oʻquvchilari ishtirok etdilar.