Yangiliklar

img
Fri, 11/24/2023 - 14:08

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

Bugungi kunda har bir davlatda korrupsiyaga qarshi kurash davom etmoqda. Har bir davlat va jamiyat korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻlini oʻzi tanlaydi, aniqrogʻi, qanday yoʻl toʻgʻri ekanini hayot koʻrsatadi. Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashni keng qamrovda olib borish choralari koʻzda tutilgani, bu borada har bir masalaga alohida eʼtibor qaratilgani bejiz emas. 
23-noyabr kuni universitetimizda taniqli xalqaro ekspert Kadir Kuliyev ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni" tadbori doirasida  “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Kadir Kuliyev Amerika Webster universiteti professori, Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ekspert, Yevropa kengashining maslahatchisi, global tadqiqotlar va falsafa boʻyicha adyunkt-professor, magistrlik dissertatsiyasi boʻyicha nazoratchi, Xalqaro arbitraj sudi hakami hisoblanadi. Mehmon oʻz nutqida talabalar dunyoqarashini munosib ravishda shakllantirish, ularning huquqiy madaniyatini oshirib borish qanchalik muhim ekanligini alohida taʼkidladi. Buning uchun eng avvalo Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunini teran nigoh bilan oʻqib-oʻrganish zarur.

  

Bugungi tadbirda, shuningdek, Yakkasaroy tumani bo‘yicha IIO FMB XPB HQMB katta inspektorlari M.M.Abduraxmanova, F.K.Samatova va YOMB katta inspektori Ye.Yu.Belousova ham ishtirok etib, mavzu boʻyicha qonunchilik haqida batafsil ma’lumot berdilar.