Yangiliklar

img
Wed, 12/22/2021 - 16:35

"Ko'rkam o'ychilar" tanlovi g'oliblari aniqlandi

Prezidentimizning beshta muhim tashabbusi doirasida yoshlarning musiqa, rassomlik, teatr va sanʼatning boshqa sohalariga qiziqishlarini oshirish, isteʼdodini yuzaga chiqarishga qaratilgan birinchi tashabbus hamda yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib etish borasida tizimli ishlarni amalga oshirishga qaratilgan to'rtinchi tashabbus doirasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek tili va adabiyotini o'qitish fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida  bayram tadbiri o'tkazildi.
Unda talabalarning turli   "KO'RKAM O'YCHILAR" TANLOVI  g'oliblari hamda Respublika va universitet miqyosida o'tkazilgan tanlovlarda faol ishtirok etgan talabalari taqdirlandi. Bayram ko’tarinki ruhda o’tdi.