Yangiliklar

img
Mon, 08/08/2022 - 15:36

Ko‘rishda nuqsoni bor abituriyentlar uchun kirish imtihonlari natijalari e'lon qilindi

Yurtimizning barcha OTMlari uchun kirish imtihonlari boshlandi. Joriy yilning 8-avgust kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida ko'rishda nuqsoni bor abituriyentlar uchun kirish imtihonlari o'tkazildi. Abituriyentlar mutaxassislik fanlari hisoblangan ona tili va adabiyot hamda chet tilidan og'zaki suhbatdan o'tdilar. Suhbat jarayonining shaffofligini ta'minlash maqsadida  uzluksiz videokuzatuv tizimi orqali sinovlar yozib olindi. Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi boshlig'i, jamoatchilik vakillari, ota-onalarning jarayonni bevosita kuzatishiga imkon yaratildi.  6 nafar abituriyentning 4 nafari o'zbek tili va adabiyoti fanidan respublika olimpiadasi g'olibi bo'lgani munosabati bilan ushbu fandan hech qanday qo'shimcha sinovlarsiz eng yuqori ballni qo'lga kiritdilar. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida imkoniyati cheklangan talabalar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Har yili ta'lim muassasamizga maxsus sinovlar yordamida eng munosib yoshlar talabalikka qabul qilinadilar.

Ushbu imtihon natijalari bilan tanishing.

Chet tili(ingliz tili) imtihon natijasi

O'zbek tili va adabiyoti imtihon natijasi