Yangiliklar

img
Fri, 09/23/2022 - 15:44

Koreyalik hamkorlarimiz e'tirofi

Xabaringiz bor Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti va Koreyaning KOICA tashkiloti o‘rtasida hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib bormoqda.  KOICAning bir nechta ko‘ngillilari ToshDO‘TAUda o‘zbek tili va madaniyatini o‘rganishdi. Bu ijobiy hamkorlik davom etmoqda.  
Kuni kecha KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari ToshDO‘TAUda mehmon bo‘ldi.  Ularni universitet Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Nozliya Normurodova qabul qildi.  Suhbat davomida KOICA loyihalar boshqaruvchisi Kvon Jisu ToshDO‘TAU jamoasiga hamkorlik va mas'uliyat uchun minnatdorlik izhor etdi.  


Endilikda avvalgidan ko‘proq ko‘ngillar O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani va ularning moslashuv davri aynan ToshDO‘TAUda o‘tishi maqsadga muvofiq ekanligini alohida ta'kidladi. Til o‘rgatayotgan o‘qituvchilarning malakasi va mahorati juda yuqoriligini Kvon Jisu alohida e'tirof etdi. 

Tez orada bu hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish rejalashtirilmoqda