Yangiliklar

img
Tue, 04/23/2024 - 17:33

Koreya Respublikasining Honam universiteti bilan hamkorlik o'rnatildi

Joriy yilning 23-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga Janubiy Koreyaning Honam universiteti prezidenti Sangcheol Park boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.  
Keng doirada o'tgan o'zaro muzokaralarni ToshDO'TAU rektori Shuhrat Sirojiddinov ochib berdi va mehmonlarga universitet tarixi, uning asosiy missiyalari, maqsad va vazifalari, mavjud ta'lim yo'nalishlari haqida batafsil ma'lumot berdi. O'z navbatida mehmon delegatsiya vakillari ham Honam universiteti haqida batafsil ma'lumot berdi. 

Shundan so'ng har ikki taraf vakillari hamkorlikda amalga oshirish mumkin bo'lgan ishlar, kelgusidagi rejalar haqida o'z takliflarini o'rtaga tashladilar. Xususan,   tomonlar talabalarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilar oʻrtasida ilmiy tadqiqotlar olib borishga koʻmaklashish maqsadida hamkorlik o'rnatishga kelishib oldilar. Bu kelishuv talablaar akademik almashinuvini, pedagoglar va ilmiy tadqiqotchilarning o'zaro tajriba  almashishini ko'zda tutadi. Ikki universitet olimlari hammualliflikda maqolalar yozishi, hamkorlikda loyihalar tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi.

 

Bundan tashqari Koreyada yildan yilga kengayib borayotgan o'zbek diasporasiga ko'maklashish, o'zbek tili va madaniyatiga qiziquvchi koreyaliklarga imkoniyat yaratish maqsadida  Honam universitetida Alisher Navoiy nomidagi O'zbek tili va madaniyati markazini ochish taklif etildi. 
Muzokaralar so'ngida Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti hamda  Koreyaning Honam universiteti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.