Mon, 10/27/2025 - 10:34
Konferensiyaga marhamat
Jadid adabiyotining yirik vakili Mahmudxo‘ja Behbudiy, jadid adabiyotining janr imkoniyatlari, manbalari, adabiyot tarixida tutgan o‘rni, o‘ziga xos xususiyatlari, Mahmudxo‘ja Behbudiyning adabiy merosi kabi masalalarni tadqiq etish tamoyillarini belgilab olish maqsadida 2025-yil 12-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “O‘zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik” kafedrasi tomonidan “Behbudiy va Turkiston jadid adabiyoti takomili” mavzuidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Konferensiya axborot xati bilan tanishing!

