Yangiliklar

img
Wed, 09/17/2025 - 14:54

“Kompyuter savodxonligi” to’garagi faoliyati

2025-yil 17-sentyabr kuni Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi tyutori Jamolova Dildora rahbarligida “Kompyuter savodxonligi” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Mazkur mashg‘ulotda talabalar kompyuter bilan ishlashning boshlang‘ich tushunchalari bilan batafsil tanishtirildi. Jumladan, kompyuterning asosiy qurilmalari, ular orasidagi o‘zaro bog‘liqlik hamda foydalanuvchiga zarur bo‘ladigan dastlabki ko‘nikmalar haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, dars davomida talabalar Microsoft Word dasturi interfeysi bilan yaqindan tanishdilar. Word dasturining asosiy menyulari, asboblar paneli, hujjatlarni yaratish, saqlash va tahrirlash imkoniyatlari bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi. Bu orqali talabalar nafaqat nazariy, balki dasturdan foydalanishning dastlabki amaliy ko‘nikmalarini ham egallashdi.
Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga keng qamrovli javob oldilar. Bu esa ularning dars jarayonida faol ishtirok etishlariga va mavzuni chuqurroq anglashlariga xizmat qildi. Yakunda esa, o‘rganilgan bilimlarni mustahkamlash va kelgusi mashg‘ulotlarga tayyorlanish maqsadida talabalar uchun uy vazifalari topshirildi. ”Kompyuter savodxonligi” to‘garagining mazkur mashg‘uloti talabalar uchun katta ahamiyat kasb etdi.

 

Zero, hozirgi davrda kompyuter va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish har bir yosh mutaxassis uchun muhim ko‘nikmalardan biridir.