Yangiliklar

img
Fri, 02/18/2022 - 17:35

Komissiyaga taqdim etilgan hujjatlar o'rganildi

Bugun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar yoxud boquvchisi  yoʻq yolgʻiz ayollarning oliy taʼlim olishlarini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda yashash sharoiti ogʻir boʻlgan talabalarga universitet tomonidan  kontrakt to'lovining 50% miqdori toʻlab berish masalasi muhokama etildi. Komissiya taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqib, Universitet kengashiga tavsiya etdi.