Yangiliklar

img
Mon, 03/14/2022 - 16:19

KOICA xorijlik tinglovchisining oʻzbek tilini oʻrganish boʻyicha yakuniy imtihoni boʻlib oʻtdi

Xabar berganimizdek, 2022-yil boshida universitetimiz va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) oʻrtasida shartnoma imzolanib, unga koʻra, mazkur tashkilotdan tashrif buyurgan koreys millatiga mansub talabaga oʻzbek tilini oʻrgatish belgilandi. 2022-yil fevral oyida KOICA xorijlik koʻngilli(volontyor) universitetimizga tashrif buyurdi. Xorijlik tinglovchi oʻzbek tilini oʻrganish barobarida, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, sanʼatimiz, amaliy hunarmandchiligimiz boʻyicha ham turli mahorat darslarida ishtirok etdi. Darslar oʻzbek tili mutaxassislari tomonidan har kuni 09:00 dan 16:00ga qadar tashkil etilgan edi. 
Joriy yilning 14-mart sanasida KOICA o’zbek tili tayyorlov kursi talabasi Seo Younjungning til oʻrganish malakasiga doir yakuniy imtihoni boʻlib oʻtdi.  Mazkur sinov jarayoni 4 ta til koʻnikmasi: tinglash, oʻqish, yozish va gapirish boʻyicha olib borildi. Jarayon yakunida xorijlik tinglovchining oʻzbek tilini oʻrganish malakasi tekshirilib, unga sertifikat beriladi.