Yangiliklar

img
Thu, 03/17/2022 - 12:38

KOICA xorijlik koʻngillisining tashrifi nihoyalandi

Avval xabar berganimizdek, universitetimiz va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq,  bir nafar koreys millatiga mansub ko‘ngilli oʻzbek tilini oʻrganish maqsadida universitetimizga tashrif buyurgan edi. Xorijlik tinglovchiga oʻzbek tili mutaxassislari tomonidan darslar rejalashtirilib, belgilangan tartibda oʻtildi. Joriy yilning 14-mart sanasida KOICA koʻngillisining til oʻrganish malakasiga doir yakuniy imtihoni oʻtkazildi. Maʼlum qilganimizdek, mazkur sinov jarayoni 4 ta til koʻnikmasi (oʻqish, yozish, tinglash va gapirish) bo‘yicha maxsus topshiriqlardan  iborat. Tashrif, darslar va sinov yakunida koreyalik tinglovchimiz Seo Younjungga universitetimiz tomonidan sertifikat va oʻzbek tilini xorijiy til sifatida oʻqitish oʻquv dasturi boʻyicha 144 soatlik darslarni to'liq o‘zlashtirgani toʻgʻrisida guvohnoma topshirildi.  2 oy davomida oʻtilgan darslar Koreya xalqaro hamkorlik agentligi vakillari tomonidan juda yuqori baholandi va kelgusida ham ToshDO‘TAU bilan hamkorlikni davom ettirish taklifini bildirishdi.