Yangiliklar

img
Wed, 08/03/2022 - 16:20

KOICA xorijlik koʻngillilarining tashrifi nihoyalandi

Joriy yilning 2-avgust sanasida KOICA o’zbek tili tayyorlov kursi talabalarining til oʻrganish malakasiga doir yakuniy imtihoni boʻlib oʻtdi.

Mazkur sinov jarayoni 4 ta til koʻnikmasi: tinglash, oʻqish, yozish va gapirish boʻyicha olib borildi.

Jarayon yakunida xorijlik tinglovchilarning oʻzbek tilini oʻrganish malakasi tekshirildi.Tashrif, darslar va sinov yakunida koreyalik tinglovchilarimizga universitetimiz tomonidan sertifikat topshirildi.

2 oy davomida oʻtilgan darslar Koreya xalqaro hamkorlik agentligi vakillari tomonidan juda yuqori baholandi va kelgusida ham ToshDO‘TAU bilan hamkorlikni davom ettirish taklifini bildirishdi.

Ma’lumot uchun, 2022-yilning fevral oyida universitetimiz va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, bir nafar koreys millatiga mansub ko‘ngilli oʻzbek tilini oʻrganish maqsadida universitetimizga tashrif buyurgan edi.

ToshDO'TAU o‘zbek tili va adabiyotining xalqaro miqyosda nufuzini ko‘tarish yo'lidagi maqsadli harakatini davom ettirmoqda.