
KOICA vakillari bilan hamkorlik uchrashuvi
2022-yilning 10-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Xalqaro aloqalar ofisida universitet Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Nozliya Normurodova va Lee Chanhwi boshchiligidagi Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakillari o’rtasida hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Xabaringiz bor, joriy yilning 6-iyun kuni hamkor tomonlar o’rtasida akademik almashinuv masalasi bo’yicha uchrashuv bo’lib o’tgan edi.
Bugun, KOICA ko’ngillilarining ta’lim jarayoni, turar joy masalasi hal qilindi. Shuningdek, xorijlik tinglovchilar o’zbek tili mutaxassislari bilan uchrashib, tanishib olishdi. Yaqin kunlarda, koreyalik tinglovchilar belgilangan reja asosida o’zbek tili hamda milliy qadriyatlarimizni o’rganishni boshlashadi.