Yangiliklar

img
Thu, 02/08/2024 - 16:47

KOICA ko'ngillilari o'zbek tilini muvaffaqiyatli o'rganishdi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi "O'zbek maktabi"da KOICAning navbatdagi guruh ko'ngillilari o'zbek tilini o'rganishdi. Sakkiz nafar koreyalik tinglovchi intensiv kurs asosida o'zbek tilini tez fursatda o'zlashtira oldilar. Shuningdek, ular o'zbek madaniyati bilan ham tanishishdi.
O'zbek oshxonasi, milliy liboslari, qadriyatlari bilan yaqindan tanishgan xorijliklar o'z hayratlarini o'zbek tilida bayon qila oldilar. Ko'ngillilarga "O'zbek maktabi"ning sertifikatlari topshirildi.