Yangiliklar

img
Fri, 02/25/2022 - 14:55

Kitob taqdimoti o'tkazildi

2022-yilning   25-fevralida  “Agrobank” ATBning  Bosh ofisida  Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti   universiteti  professor-oʻqituvchilari S.Muhamedova, Y.Shirinova, S.Xudoyberdiyevalar tomonidan tuzilgan “Bank-moliya terminlarining  oʻzbek tilidagi izohli lugʻati” (2022-yilda nashr qilinib,  qayta ishlangan va toʻldirilgan nashri) ning  taqdimoti oʻtkazildi. Tadbirda Agrobankning   viloyat, shahar va tumanlardagi filiallarining boshqaruvchilari, OAV xodimlari,  Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti   universiteti professor-oʻqituvchilari S.Muhamedova, S.Xudoyberdiyeva, OʻzR Vazirlar Mahkamasi  huzuridagi  Oʻzbek tilini  rivojlantirish jamgʻarmasi  bosh mutaxassisi Guljamol  Toʻychiyeva, Amaliy filologiya fakulteti  Noshirlik ishi taʼlim yoʻnalishining 1-kurs talabalari qatnashishdi. S.Muhamedova taqdimotda  lugʻatning yaratilish tarixi,  terminlarni joylashtirish, izohlarni berishda nimalarga eʼtibor berish zarurligi haqida to‘xtalib o‘tdi.  S.Xudoyberdiyeva esa  oʻzbek xalqi tarixida yuzaga kelgan bank-moliya terminlari haqida maʼlumot berdi. Uchrashuv interaktiv tarzda oʻtkazildi. Maʼruzachilar  ishtirokchilarning savollariga batafsil javob berdilar. 
Tadbir ishtirokchilarining har biriga lugʻat sovgʻa qilindi. Bank boshqaruvchilari bilan kelgusida yana ham katta hajmli lugʻatlarni yaratish borasida kelishib olindi.