Yangiliklar

img
Fri, 05/27/2022 - 16:47

Kitob-tafakkur gulshani

Maʼlumki, davlatimiz rahbari tomonidan jamiyatimizda yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilib, ko‘plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan, talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi tomonidan “Kitobxonlik – tafakkur gulshani” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda universitetimiz dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Abdumurod Tilavov ishtirok etdi.

Abdumurod Tilavov kitobning insoniyat tamaddunida tutgan o‘rni, adabiyot va zamon, kitobxonlik madaniyati xususida so‘z yuritdi.

Allomalarning asarlaridan turli misollar keltirildi. Kitobxonlik - bu insonning o‘z ustida ishlashi, faoliyatini ma'lum yo‘nalishga burib yuborish, ongida ma'lum tuyg‘ularni, e'tiqod va dunyoqarashni hosil qilish, uni o‘ylashga, hayotda qanday yashashga o‘rgatish, fikr yuritish, yozuvchining insonparvarlik, axloqiy, estetik, badiiy, fuqarolik nuqtai nazarini bilib olish, uning ma'naviy o‘gitlarini ilg‘ab olish va bular asosida o‘z hayot yo‘li dasturini belgilash, yozuvchi bilan munozaraga kirishish, har bir o‘qigan kitobidan yangilik topish, ma'naviy dunyosini boyitishdan iboratdir. Bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi kitobxonlikni yoshlar ongiga singdirish bilan bir qatorda ularning ma’naviyati va salohiyatini rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarda kitob o‘qish ko‘nikmasi shakllansa, kamoloti yo‘lida qolgan barcha amallarni kitobning o‘zi o‘rgatadi.