
Kitob - bilim subhidagi nur
Ma’lumki, 2019-yilda ToshDO’TAUning Axborot texnologiyalari kafedrasi negizida Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi tashkil etilgan. Kafedra faoliyati talabalarda tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), avtomatik tarjima, til korpuslarini yaratish boʻyicha amaliy masalalarni yechish, filologik axborot tizimlarini ishlab chiqish, qidiruv tizimlari, kompyuter grafikasi, ma’lumotlar bazasini yaratish va ulardan foydalanish boʻyicha bilim beradi, ko‘nikma hamda malakalarni shakllantiradi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, Tilshunoslik nazariyasi kafedrasi mudiri Xolmanova Zulxumor Turdiyevnaning Janubiy Qozogʻiston davlat pedagogika universiteti Xalqaro aloqalar va mobillik boʻlimi boshligʻi Shahlo Naraliyeva bilan hamkorlikdagi "Kompyuter lingvistikasi" nomli o‘quv-qo‘llanmasi Qozog‘iston viloyatining Almati shahrida nashr etildi. Ma’lumot uchun, "Kompyuter lingvistikasi" zamonaviy yo'nalish sifatida Qozog'iston davlatining pedagogik yo'nalishdagi oliy ta'lim muassasalarida ham o'tilmoqda. Mazkur o’quv-qo‘llanma yordamida filologik masalalarni modellashtirish, ularning maʼlumot va bilimlar bazalarini yaratish, tadqiq etish; sunʼiy intellekt uchun tilni modellashtirish usullarini yaratish, shuningdek, leksik maʼlumotlar bazalari – lingvistik ontologiya, axborot qidiruv tizimlari, kompyuter leksikografiyasi, mashina tarjimasi, kompyuter lingvistikasi terminologiyasi, kompyuter lingvodidaktikasi muammolari tadqiqi bilan shug‘ullish va lisoniy raqamli texnologiyalar ishlanmalarini yaratish boʻyicha izlanishlar olib borish mumkin.