Yangiliklar

img
Sat, 02/15/2025 - 15:49

Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash: ToshDO‘TAUda ma’naviy va texnologik xavfsizlik muhokama qilindi

Zamonaviy dunyoda kiberxavfsizlik masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Kiber tahdidlar – bu texnologik taraqqiyotning qisman salbiy ta’sirlaridan biri bo‘lib, ular nafaqat shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligiga, balki jamiyatning barqarorligiga ham tahdid soladi.

Yaqinda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchiliklarga qarshi kurash va sog’lom poytaxt” mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda Yakkasaroy tumani IIO FMB HPB ATSJOOB inspektorlari, katta leytenant B.U. Tangirov va A.J. To’raqulovlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida talabalarga kiberjinoyatchilikning xavflari va ularga qarshi kurash usullari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, kiberxavfsizlik – bu internetga ulangan tizimlar, dasturiy ta’minot va ma’lumotlarni kiber tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan faoliyatdir. “Kiberjinoyatchilik” tushunchasi esa xakerlik hujumlari, zararli dasturlar yaratish va tarqatish, firibgarlik, mualliflik huquqlarini buzish, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash va qonunga zid ma’lumotlarni tarqatish kabi huquqbuzarliklarni o‘z ichiga oladi.

  

Mazkur tadbir yosh avlodni kiberxavfsizlik madaniyatiga jalb etish va ularni kiber tahdidlardan himoyalash bo‘yicha dolzarb masalalarni yoritib berdi. Kiber tahdidlar bilan kurashish faqat maxsus xizmatlar emas, balki har bir foydalanuvchining mas’uliyatli yondashuvini talab qiladi.