Yangiliklar

img
Sat, 09/17/2022 - 16:20

Kasbiy to‘garaklar faoliyati boshlandi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi kasbga yo‘naltiruvchi to‘garaklarning yangi o‘quv yilidagi mashg‘ulotlari start oldi. 
Ushbu haftada talaba qizlar uchun go‘zallik sirlarini o‘rgatuvchi "Marvarid"  to‘garagi faoliyati boshlandi.  Tengdoshga tengdosh tamoyili asosida faoliyat yurituvchi bu to‘garaklar talaba yoshlarning o‘zlari tomonidan yuritiladi.  Hunarli qizlar o‘z universitetdoshlariga soch tutmaklash, kiyinish madaniyati,  etika qoidalari bo‘yicha bilganlarini o‘rgatib kelmoqdalar.  Bir paytning o‘zida to‘garak a'zolari tomonidan universitet talaba qizlari va ustozlari uchun pulli xizmatlar ham ko‘rsatiladi.  Natijada talabalar ish bilan ta'minlanadi,  moddiy manfaatlari ko‘zda tutiladi.