Kasaba uyushmasi

                                                         

 

 

Xudoyberiyev Jo'ra Ochilovich

Tug‘ilgan sanasi: 27.03.1959

Millati: O‘zbek

E-mail:  xudoyberdiev59@mail.ru

Kontakt: +998977535945

Qabul kunlari: 9:00 - 17:00

Dushanba-shanba

     O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkiloti (keyingi o’rinlarda «boshlang’ich tashkilot» deb yuritiladi) kasaba uyushmasi a’zosi bo’lgan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida faoliyat olib borayotgan xodimlar va professor-o‘qituvchilar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etiladigan o’zini o’zi boshqaruvchi nodavlat notijorat jamoat tashkiloti hisoblanadi. 

Kasaba uyushmasi nizomini yuklash

Vazifalari:

  • Quyidagilarga erishish universitet boshlang’ich tashkilotining asosiy maqsadi hisoblanadi: 
  • millati, jinsi, yoshi va diniy e’tiqodidan qat’i nazar boshlang’ich tashkilot har bir a’zosining mehnat qilish, ishni, kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoiti yaratib berilishi va ishsizlikdan himoya qilinishga doir konstitutsiyaviy huquqlari himoya qilinishiga; 
  • korxona, idora, tashkilot va muassasada ish bilan ta’minlanganlikning eng yuqori darajada bo’lishiga, daromadlar oshirilishi va mulkiy tabaqalanish darajasi kamaytirilishiga; 
  • mehnatga haq to’lash va mehnat rejimining ijtimoiy adolatli tizimi joriy etilishiga; jamoa shartnomalari tuzilishi va ularning bajarilishi ustidan nazoratning amalga oshirilishiga; 
  • jamoa shartnomalarida qabul qilingan va amalga oshirilayotgan kafolat va imtiyozlarning saqlab qolinishi va kengaytirilishiga; mehnat qonunchiligi, mehnatni va atrof muhitni muhofaza qilish qonunlari, qoida va me’yorlariga rioya etilishiga; 
  • ijtimoiy muloqot hamda ijtimoiy sherikchilik yo’lga qo’yilishiga, jamoa muzokaralarini tashkil etilishiga; 
  • xodimlar malakasining oshirilishi hamda kasb jihatidan qayta tayyorlashning tizimli va muntazam ravishda olib borilishiga; 
  • xodimlarni, ayniqsa, yoshlarni mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilishga yo’naltirilgan dasturlarni ishlab chiqishda ish beruvchilar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik qilinishiga; 
  • madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining o’tkazilishiga, bo’sh vaqtdan oqilona foydalanish uchun sharoitlar yaratib berilishiga, kasaba uyushmasi a’zolari va ularning oila a’zolari sog’lomlashtirilishiga. Boshlang’ich tashkilot o’z maqsadlariga erishish uchun o’zining saylab qo’yiladigan va kollegial organlari orqali: 
  • xodimlarning ishlab chiqarish, mehnat, mehnatni muhofaza qilish, maishiy turmush, ma’naviy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya va sport, sog’lomlashtirish sohalaridagi qonuniy huquq va manfaatlarini ifoda etadi va himoya qiladi; 
  • mehnat qonunchiligi, mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonun hujjatlari, boshqa mehnat huquqi normalari mavjud bo’lgan normativ huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; 
  • mehnat jamoalari nomidan ish beruvchilar bilan jamoa shartnomalarini tuzadi va ularning bajarilishini nazorat qiladi; 
  • universitetni ijtimoiy rivojlantirishning joriy va istiqbolli rejalar ishlab chiqilishida, yakka tartibdagi va jamoaga doir mehnat nizolarining hal etilishida ishtirok etadi; 
  • amaldagi qonunlarga va me’yoriy hujjatlarga muvofiq, uning ixtiyorida qoldirilgan mablag’lar doirasida, kasaba uyushmasi byudjeti va uni sarflash smetasini tasdiqlaydi hamda mazkur mablag’larni belgilangan maqsadlarga sarflaydi; 
  • kasaba uyushmasi yig’ilishlari, konferentsiyalari, qurultoylari, yuqori kasaba uyushmasi organlarining qarorlari bajarilishini tashkil etadi;
  • xodimlar, professor-o‘qituvchilar va ularning oila a’zolarini sog’lomlashtirish, madaniy-ma’rifiy va ommaviy sport ishlarini tashkil qiladi; kasaba uyushmasi a’zosi bo’lmagan xodimlar, professor-o‘qituvchilarni kasaba uyushmasi a’zoligiga qabul qilish to’g’risida qarorlar qabul qiladi. 

Boshlang’ich tashkilotning huquq va majburiyatlari:

  • Boshlang’ich tashkilot (uning saylab qo’yiladigan organlari) o’z maqsad va vazifalarini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega: Federatsiya va tarmoq kasaba uyushmasining Ustavlari, mazkur Nizom tamoyillariga zid bo’lmagan me’yoriy va boshqa lokal hujjatlarni qabul qilish;
  • belgilangan tartib va me’yorga muvofiq o’z vakillarini yuqori kasaba uyushmalari organlari tarkibiga saylash, ularni chaqirtirib olish va almashtirish; 
  • kasaba uyushmalari faoliyatining barcha masalalari bo’yicha saylab qo’yiladigan yuqori kasaba uyushmalari organlariga murojaat etish, axborot olish, zarurat tug’ilganda, qo’yilgan masalalar hal etilishida qo’llab-quvvatlanish; 
  • yuqori tashkilotlar qurultoylari, konferentsiyalari va saylab qo’yiladigan organlari tomonidan ko’rib chiqilishi uchun hujjatlar loyihalarini kiritish; 
  • o’z vakillari orqali yuqori kasaba uyushmalari tashkilotlarining kollegial organlari ishida ishtirok etish; 
  • yuqori kasaba uyushmalari organlari tomonidan o’tkazilayotgan tadbirlar, o’quv seminarlariga o’z vakillarini yo’llash; 
  • kasaba uyushmalari xodimlari va faollarini Federatsiya nishonlari va Faxriy yorliqlari bilan taqdirlash to’g’risida belgilangan tartibda takliflar, shuningdek, ularni Davlat mukofotlariga taqdim etish, faxriy unvonlar berish masalalarida qo’llab-quvvatlashni so’rab yuqori kasaba uyushmasi organlariga taqdimnomalar kiritish; 
  • har qanday aralashuvlarsiz o’z ishini mustaqil ravishda rejalashtirish va tashkil etish; 
  • mehnat, mehnatni muhofaza qilish, aholini ish bilan ta’minlash, kasaba uyushmalari to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish; 
  • xodimlarning iltimosiga binoan yoki o’z tashabbusi bilan ularning mehnat munosabatlariga oid huquqlarini himoya qilib sudga murojaat qilish;
  • xodimlarning mehnat qilish huquqini himoyalash; 
  • xodimlarni ijtimoiy himoya qilish, kam ta’minlangan xodimlarga belgilangan tartibda moddiy yordam ko’rsatish; 
  • kasaba uyushmasi faoliyatini targ’ib etish hamda yoritish maqsadida ommaviy axborot vositalaridan hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalarida imkoniyatlaridan keng foydalanish. 
  • Boshlang’ich tashkilot (uning saylab qo’yiladigan organlari) o’z faoliyati davomida quyidagilarga majbur: 
  • Federatsiya va tarmoq kasaba uyushmasi Ustavlari hamda mazkur Nizom qoidalariga rioya etish va ularni bajarish; 
  • yuqori kasaba uyushmalari organlarining o’z vakolatlari doirasida hamda Ustavlarga muvofiq qabul qilgan qarorlari ijrosini ta’minlash; 
  • kasaba uyushmasiga a’zolik badallaridan chegirmalarni Federatsiya Kengashi tomonidan belgilangan miqdorda, muddatda va tartibda tegishli yuqori kasaba uyushmasi organiga o’z vaqtida o’tkazib borish; 
  • yuqori tashkilotlarning kollegial organlari tomonidan belgilangan tartibda va hajmda axborotlar, ma’lumotlar, statistik, moliyaviy va boshqa hisobotlarni o’z vaqtida taqdim etish; 
  • Federatsiya va unga kiruvchi a’zo tashkilotlar manfaatlarini kamsituvchi xatti-harakatlarga yo’l qo’ymaslik.