Yangiliklar

img
Fri, 11/24/2023 - 14:00

Karyera navigatori

23-noyabr kuni Xorijiy tillar kafedrasi oqituvchisi Tolipova Dildora tomonidan Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 1-2 bosqich talabalari uchun "Karyera navigatori" kasbga yo'naltirish bo'yicha mahorat darsi oʻtkazildi. Mahorat darsini taniqli mentor  Umida Abdurahmonova olib bordi. 
Mahorat darsida talabalarni kasbga yo'naltirish va tanlangan yo'nalishda muvaffaqiyatli faoliyat olib borish uchun martaba strategiyasini yaratishning dolzarb masalalari yoritildi. Talabalarning iste'dodi, qobiliyati va salohiyatini aniqlash uchun bir nechta mashqlar va tajtibalar o'tkazildi. Shuningdek, mahorat darsi davomida talabalar o'zlarining muvaffaqiyatli faoliyat yo'nalishlarini aniqladilar, ular yordamida ish beruvchini ishontirish va kasbda zafar qozonish imkoniyati koʻproq boʻlishi aytildi. Natijada ular kelajakdagi hayot uchun maqsadlarni belgilab oldilar va ongli ravishda martaba yo'lini qurishni o'rgandilar.