Yangiliklar

img
Thu, 06/19/2025 - 20:33

Karyera kuni

2025-yil 19-iyun kuni “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi bitiruvchi talabalari uchun “Karyera kuni” tadbiri tashkil etildi. Tadbir universitetning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Talabalar amaliyoti bo‘limi hamda “Orient Finans Bank” XATB Mirobod tumani filiali hamkorligida o‘tkazildi.

Tadbirda universitetning birinchi prorektori bitiruvchilarga imtihonlarda muvaffaqiyat tilab, bank tizimida malakali kadrlar, ayniqsa, davlat tilida ish yurita oladigan mutaxassislarga ehtiyoj ortib borayotganini ta’kidladi.

Bank mutaxassislari ishtirokchilarga o‘zini o‘zi band qilish, imtiyozli kreditlar olish, biznes reja tuzish va startap g‘oyalarni ishlab chiqish bo‘yicha foydali amaliy tavsiyalar berdilar. Shuningdek, ular mehnat bozoridagi imkoniyatlar, ishga joylashish tartibi va zarur hujjatlarni tayyorlash yuzasidan ham kerakli ma’lumotlar bilan bo‘lishdilar.