Yangiliklar

img
Sat, 11/19/2022 - 18:23

Kafedralar faoliyatidan

Yakunlanayotgan haftada Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining barcha kafedralarida kafedra majlislari o'tkazildi. 
16- noyabr kuni "O'zbek tilshunosligi" kafedrasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda mehnat intizomi, ochiq darslarni tashkil etish, o'zaro darsga kirish tizimini yo'lga qo'yish, yosh o'qituvchilarga amaliy yordam ko'rsatish,  magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash, magistrantlar pedagogik amaliyotini, yotoqxonada ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etish masalalari ko'rib chiqildi.
"Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik" kafedrasining navbatdagi yig'ilishida Hemis tizimidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, talabalarning davomat ko'rsatkichi, akadem qarzdor talabalar bilan ishlash, kafedra professor-o'qituvchilarining malaka oshirish holati, oraliq nazoratlarning borishi, professor-o'qituvchilar shaxsiy ish rejalarining yuritilishi, 2022-2023 o'quv yilida kafedra professor-o'qituvchilarining yangi o‘quv-uslubiy materiallarni ishlab chiqish va chop etish rejalarining muhokamasi, ochiq darslarni tashkil etish, o'zaro darsga kirish tizimini yo'lga qo'yish, yosh o'qituvchilarga amaliy yordam ko'rsatish masalalari ko'rib chiqildi.
"Xorijiy tillar" kafedrasida ham navbatdagi majlisda kun tartibidagi asosiy masalalar ko'rib chiqildi. Bundan tashqari kafedraning 4 nafar tadqiqotchisi dastlabki muhokamadan o'tdi. 


Universitetning yuragi bosh bo'g'ini hisoblangan kafedralarning ish faoliyati ta'lim sifati, ilmiy salohiyat, ijtimoiy samaradorlikka erishishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham kafedralar faoliyati doimiy nazoratdadir.