Yangiliklar

img
Wed, 10/25/2023 - 18:03

Kafedra faoliyati universitet milliy reytingi uchun muhim

Universitet ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan Milliy reyting bo‘yicha barcha kafedra mas’ullari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi. Universitet reytingini shakllantirishdan oldin - har bir kafedra reytingini shakllantirish va kafedra professor-o‘qituvchilarining bir yillik faoliyati natijalarining umumiy universitet reytingiga ta’siri haqidagi tushuntirishlar olib borilib, kerakli ma’lumotlar aytib o‘tildi. 

Kafedrada faoliyat olib borayotgan fan doktorlari, professorlar, fan nomzodlari va dotsentlar soni, ularning OAK ro‘yxatidagi va “Web of sciense” va “Scopus” kabi xalqaro e’tirof etilgan jurnallarda nashr etilgan maqolalari, chop etilgan darslik, o‘quv qo‘llanma va monografiya kabi ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligining ahamiyati haqidagi jadvallar ko‘rib chiqildi.

Seminar-trening ishtirokchilari kafedra professor-o‘qituvchilarining bir yil davomida erishgan har bir yutuqlari haqidagi ma’lumotlarni to‘g‘ri shakllantirish, yig‘ish va tahlil qilish to‘g‘risidagi savollariga  batafsil javoblar olishdi.

 Seminar-treningda kafedraning ilmiy, o‘quv va ma’naviy ishlar bo‘yicha faol professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etdilar.