Yangiliklar

img
Mon, 06/20/2022 - 15:48

Joriy yilda ham testda maksimal ball 189 boʻladi

Demak, joriy yilda xuddi oʻtgan yildagidek 5 ta fandan test olinadi va toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball 189 boʻladi.
Majburiy fanlar bloki (barcha uchun tushadi):
1) Ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili)
2) Matematika
3) Oʻzbekiston tarixi
Uchala fanning har biridan 10 tadan savol tushadi, har biri uchun 1,1 ball beriladi.
Majburiy blokdan jami toʻplash mumkin boʻlgan ball – 33 ball.
Taʼlim yoʻnalishiga mos mutaxassislik blokidagi fanlar (yoʻnalishiga qarab oʻzgaradi):
1-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3,1 ball;
2-fan - 30 ta savol, har biri uchun 2,1 ball.
Mutaxassislik fanidan jami toʻplash mumkin boʻlgan ball – 156 ball.
Oʻylash uchun jami 3 soat vaqt. Agar chet tilidan sertifikati boʻlsayu, faqat majburiy blok va 1 ta mutaxassislik fanidan test topshirsa, unda 2 soat beriladi. Bu vaqt ichiga javoblarni boʻyash ham kiradi, yaʼni boʻyash uchun alohida qoʻshimcha vaqt berilmaydi.
XULOSA: joriy yil 5 ta fan, 90 ta savol, 189 maksimal ball.