Yangiliklar

img
Mon, 09/26/2022 - 14:43

Jondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti talabalari tomonidan "Adiblar xiyoboni"da "Navoiy yodi ila yashaymiz mudom" nomli adabiy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbirda universitet pedagoglari, turli vazirlik va idoralar vakillari, adabiyot shaydolari ishtirok etdi.
Talabalar tomonidan hazrat Navoiyning g'azallari, ruboiy va qit'alari , dostonlaridan parchalar ijro etildi. Buyuk mutafakkir hayoti va ijodi asosida sahnalashtirilgan talabalar ijrosi barchaga birdek manzur bo'ldi. Yetuk olima Gulbahor Ashurovaning Navoiy ijodi haqidagi qiziqarli ma'ruzasi ham tadbirga o'zgacha shukuh baxsh etdi. 


Tadbirda mehmon bo'lgan yurtdoshlarimiz kelgusi haftada ham mushoiralarga, albatta, kelishlarini ta'kidlab, tadbir tashkilotchilariga minnatdorlik izhor etishdi. 


Alisher Navoiyning ushbu hayotbaxsh misralari bugungi tadbirning bosh g'oyasini o'zida mujassam etgandek go'yo:
Jondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz, 
Sondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz. 
Har neniki sevmak ondin ortuq bo‘lmas, 
Ondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz.