Yangiliklar

img
Thu, 04/18/2024 - 16:15

“Jomiy va Navoiy” badiiy filmi suratga olinadi

2024 yil 15-20 aprel kunlari Dushanbe shahrida “Tojikistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari” va mazkur tadbir doirasida 16-19-aprel sanasida “Tojikistonda o‘zbek kinosi kunlari” bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbir doirasida O‘zbekiston va Tojikiston kinematograflari hamkorligida suratga olinishi rejalashtirilgan “Jomiy va Navoiy” badiiy filmi ssenariysi matni Tojikiston va O‘zbekiston mutaxassislari tomonidan muhokama qilinmoqda. Muhokamada “Jomiy va Navoiy” badiiy filmi ssenariysi ilmiy maslahatchilari qatorida o‘zbekistonlik navoiyshunos olimlar ham mavjud. Ular sirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Aftondil Erkinov, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti  universiteti dots.nti, filologiya fanlari nomzodi Karomat Mullaxo‘jayea va filologiya fanlari nomzodi Rustam Jabborov ham ishtirok etmoqdalar.