Yangiliklar

img
Fri, 05/19/2023 - 16:42

Jinoyatga jazo muqarrar

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti Komplaens-nazorat bo’limi hamda Yakkasaroy tumani IIOFMB 3-IIB HPB hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoyatchilikning oldini olish bo’yicha davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda universitet talabalari, tyutorlar, mas’ul xodimlar ishtirok etishdi. Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar doirasida tizimli ishlar olib borilmoqda. OTMlarda talabalar uchun korrupsiya holatlari bilan to‘qnashganligi bo‘yicha xabar qilish imkoniyatini beruvchi Telegram kanali faoliyati yo‘lga qo‘yildi. OTMlarda o‘quv jarayonlari, imtihonlar va qabul jarayonlarida AKT imkoniyatlari keng joriy etilmoqda. Korrupsiya illati va uning oqibatlaridan aholi, ayniqsa professor-o‘qituvchilar, talabalarning keng qatlamlarini xabardor qilish maqsadida huquqiy targ‘ibot materiallari, ma’ruza matnlari, slaydlar, infografikalar OTMlarda keng targ‘ib qilinmoqda. Korrupsiyaning ma’lum bir mamlakatda rivojlanishi esa o‘sha davlatning tanazzuliga olib keladi.


Korrupsiya bu – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liqbo‘lgan jinoyat turi hisoblanadi. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biridir. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat xizmatchilari tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida xalqdan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi. Ammo, umuman olganda, davlat amaldorlarigina emas, balki, davlat tashkilotida ishlamaydigan fuqarolar ham korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lishi, pora pul emas, balki boshqa narsa evaziga ma’lum xizmatni amalga oshirishlari mumkin.
Davra suhbati davomida talabalarning mavzu doirasidagi savollariga batafsil javob berildi.