Yangiliklar

img
Fri, 03/24/2023 - 16:32

Jinoyatchilikka va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish choralari

Joriy yilning 24-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida talaba-yoshlar ishtirokida “JINOYATCHILIKKA VA HUQUQBUZARLIKLARGA QARSHI KURASHISHNI YANADA KUCHAYTIRISH CHORALARI” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor B.Xoliqov ochib berdi. 
Tadbir davomida Toshkent shahar Yakkasaroy tumani IIO FMB 3-IIB leytenanti J.Qurbonov, 2-IIB leytenanti A.Quvondiqov hamda universitetga biriktirilgan Yakkasaroy tumani IIO FMB 3-IIB profilaktika katta inspektori mayor D.Sangirovlar “Jaholatga qarshi ma’rifat” , “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarining tarqalishini oldini olish” mavzularida ma'ruza qildilar. 


Huquq-tartibot idolari vakillari mavzu doirasida talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdi.  


Bu kabi tadbirlar yoshlarning huquqiy madaniyatini oshiribgina qolmay, ularni bilib-bilmay turli nojoiz harakatlarni amalga oshirishlaridan qaytaradi.