Yangiliklar

img
Tue, 11/22/2022 - 20:09

Janubiy Koreyaning Hosan universiteti vakillari ToshDO'TAU mehmoni

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida Janubiy Koreyaning Hosan universiteti vakillari mehmon bo'ldilar. Hosan universiteti Koreyadagi eng nufuzli xususuiy ta'lim muassasalaridan biri bo'lib, asosan aholiga xizmat ko'rsatish sohalari bo'yicha mutaxassislar tayyorlaydi. 
Mazkur universitet global konvergensiya va global ilg'or muhandislik bo'limlaridan iborat. Ushbu OTMda jahonning eng nomdor restoran va mehmonlari bosh oshpazlari, mahoratli stilistlar, dizaynerlardan boshlab, radiologiya va hamshiralik ishi bo'yicha ham mutaxassislar tayyorlanadi. 


Mehmonlarni universitet xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Nozliya Normurodova qabul qildi. Suhbat davomida Hosan universiteti vakillari universitetimizda global konvergensiya sohalari bo'yicha maxsus o'quv kurslari tashkil etish, koreyalik go'zallik bo'yicha san'at ustalarining tajribalarini o'zbekistonlik talabalarga o'rgatish, hamkorlikda turli xizmat ko'rsatish markazlari tashkil etish, sinov tariqasida mahorat darslari o'tkazish masasalarida o'z takliflarini bildirdilar. Nozliya Normurodova o'z navbatida Janubiy Koreyaning ushbu yo'nalishlarda erishgan va erishayotgan yutuqlarini e'tirof etib, bildirilgan taklifdan g'oyat xursandligini ma'lum qildi. Tez orada ushbu yo'nalishlar bo'yicha takliflar tayyorlanib, amaliy ishlar boshlashga  kelishib olindi.