Yangiliklar

img
Fri, 05/05/2023 - 20:35

Janubiy Koreya universitetlarida o‘zbek tilini  o‘qitish tajribasidan

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti  universitetida 2020- yildan beri  xorijda o‘zbek tilini o'qitish masalalariga bag‘ishlab doimiy  xalqaro vebinarlar tashkil qilinib kelinmoqda.  Xususan, 2023 - yil  5-may kuni Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti  universitetida Janubiy Koreyaning  Xankuk  chet tillari universiteti professori, PhD Aziza Mashrabbekova ishtirokida “Janubiy Koreya universitetlarida o‘zbek tilini  o‘qitish tajribasidan” mavzusida xalqaro vebinar tashkil qilindi. Vebinarda ToshDO‘TAU prorektori  O.Jamoliddinova, O‘zbek tili ta’limi fakulteti professor-o‘qituvchilari,  talabalari  va ZOOM orqali boshqa qiziquvchilari  ham qatnashdilar. Aziza Mashrabbekova Vebinarda, avvalo, Janubiy Koreyadagi OTM, xususan,  Xankuk  chet tillari universiteti (xususiy universitet, Koreya reytingida 8-o‘rin, dunyo reytingida 45-o‘rin,  45 ta til o‘qitiladi) haqida ma’lumotlarni taqdim qildi. Mazkur universitetda “Markaziy  Osiyoni o‘rganish” kafedrasi mavjud bo‘lib, unda o‘zbek va qozoq tillari o‘qitiladi (8 semestr davomida). Bugungi kunda kafedrada 70dan oshiq talaba o‘zbek tilini o‘rganmoqda.
       Ma’ruzachi o‘z taqdimotida  Janubiy Koreyada o‘zbek tilini  o‘qitish masalasini o‘z tajribasidan  kelib chiqqan holda namoyish etib berdi. U faoliyat turlarini 6 ga bo‘lgan holda har bir faoliyat uchun talabalarga foydali va qiziqarli bo‘lgan   blits- savollar, topshiriqlar, matnlar, rasmlarni qay yo‘sinda qo‘llash mumkinligini  tushuntirdi.  O‘zbekistonlik hamkorlar bilan nashr qilingan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari haqida ma’lumotlar berildi. Norasmiy va do‘stona ruhda o‘tgan  vebinarda har ikki tomon uchun foydali bo‘lgan hamkorliklar bo‘yicha kelishib olindi, yangi g‘oyalar muhokama  qilindi.    
      Vebinarda ishtirokchilar ma’ruzachiga ko‘plab savollar bilan murojaat qilib, ma’ruza-tadqimotning qizg‘in muhokamasida qatnashishdi. Ishtirokchilar ma’ruzachiga  taqdimot va yangi ma’lumotlar uchun minnatdorlik bildirib, keyingi hamkorlik rejalariga umid bildirishdi.