
Sat, 03/18/2023 - 21:17
Jamoamizdan g‘alaba
18-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yakkasaroy tumani Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Yakkasaroy yoshlari oʻrtasida mini futbol boʻyicha “Yoshlar kubogi” musobaqasi oʻtkazildi. Navro‘z bayrami munosabati bilan tashkil etilgan musobaqalarda universitetimiz vakillari ham faol ishtiroketdi. O‘n ikkita yoshlar jamoalarining shiddatli oʻyinlaridan soʻng musobaqada universitetimiz yigitlaridan tuzilgan “Oʻzbegim” jamoasi sovrinli 1-oʻrinni egalladi. Vakillarimiz Yakkasaroy tuman IIB tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Muborak bo‘lsin, yigitlar!