Sat, 11/05/2022 - 13:37
Jamoadoshlarimizni tabriklaymiz
O'zbekiston ta'lim va fan xodimlari Kasaba uyushmasi Toshkent shahar kengashi tashabbusi bilan shahrimizdagi mavjud OTM xodimlari o'rtasida sportning bir nechta turlari bo'yicha musobaqa o'tkazildi. Mazkur musobaqada universitetimiz jamoasi ham faol ishtirok etdi. Bo'lib o'tgan musobaqalarda jamoamiz a'zolarining qo'li baland keldi.
Shaxmat turnirida Nilufar Do'stmuxamedova 2-o'rinni, shashka musobaqalarida Gulnoza Jo'rayeva ham 2-o'rinni egalladi. Futbol musobaqalarida ham jamoamiz a'zolari faxrli 2-o'rinni qayd etdilar.
O'z kasbining fidoyisi, chinakam shijoatli ToshDO'TAU jamoasi a'zolariga va murabbiy R. Alimboyevaga munosib ishtirok uchun minnatdorlik izhor etamiz.


