Yangiliklar

img
Fri, 04/05/2024 - 14:12

Jahon harb ishi va harb san’ati rivojida ajdodlar o‘rni

Joriy yilning 5-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi  Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida "Jahon harb ishi va harb san’ati rivojida ajdodlar o‘rni: adabiy va tarixiy manbalar misolida " mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi. Konferensiya O‘zbekiston  Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar instituti   bilan hamkorlikda tashkil etildi. Anjumanni ToshDO'TAU rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov ochib berdi. Konferensiya yalpi majlisida Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi a’zosi, ToshDO‘TAU professori Hamidulla Dadaboyev so'zga chiqib, "Markaziy Osiyo va Hindistonda o‘tsochar qurolning paydo bo‘lishida Temuriylarning o‘rni" mavzusida ma'ruza qildi.
“Jahon harb ishi va harb san’ati rivojida ajdodlar o‘rni: adabiy va tarixiy manbalar misolida” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy yig‘ini XXI asr harb san’ati, uning taraqqiy etishida turkiy xalqlar tajribasining o‘rni, Amir Temurning harbiy merosini o‘rganish va zamonaviy harb ishiga tatbiq qilish borasida olib borilayotgan eng so‘ngi, zamonaviy ilmiy tadqiqotlarni keng jamoatchilikka tanishtirish kabi masalalarni qamrab oladi. Shu maqsadda konferensiya harbiy ish va harbiy san’atning tarixiy bitiglarda ifodalanishi, harbiy ish va harbiy san’atning adabiy manbalarda aks etishi singari sho'balarda faoliyat olib bordi. 

 

Anjumanda atoqli tilshunos olimlar, O‘zbekiston  Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi harbiy xizmatchi va  tadqiqotchilari, doktorant hamda mustaqil izlanuvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.