Yangiliklar

img
Wed, 12/22/2021 - 16:28

“JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universitetida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorligida talaba-yoshlar o‘rtasida  ilm-fan va kasb-hunarga qiziqtirish maqsadida  2021 yil 22 dekabrda “JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT” mavzusida  ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.  

Tadbirni yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori B. Xoliqov  kirish so‘zi bilan ochib, o‘z nutqida  dunyoda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan eng muhim voqealarga munosabat bildirdi. 
Yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan yaratuvchanlik va bunyodkorlik ishlarining zamirida tinchlik va osoyishtalik turganligini va bugungi kunda yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar va ulardan barcha talaba-yoshlarning unumli foydalanishlari lozimligini alohida ta’kidladi. 
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita  bo‘lim boshlig‘i I.Ma’rupov o‘z so‘zida    dunyoni bilish, hayotdan zavq olish, ekstremistik va terroristik tashkilotlarning asl maqsadlari haqida talabalarga keng tushuncha berdi. Ularni turli diniy oqimlarga kirib qolishdan ogoh etdi. Bunday guruhlarga kirib qolganlarning hayotidan ogoh etdi.
Respublika manaviyat va marifat kengashi huzuridagi "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi M.Ulug‘bek tumani bosh mutaxassisi, shoir N.Botirov  ham o‘z nutqida   odam savdosi hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish og‘ir jinoyatligini, bu juda ko‘p salbiy oqibatlarga olib kelayotganligini, terrorizm, giyohvandlik, qurol-yarog‘, odam savdosi, missionerlik nayranglari va bunday illatlar keyingi yillarda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar bugungi kunda ko‘plab davlatlar va xalqlarni jiddiy tashvish va xavotirlarga solayotganligini hamda hozirgi davr shiddatli, axborotlarga to‘la davr ekanini aytib o’tdi.
Talabalarga  mavzuga  oid videorolik namoyish etildi va ma’ruzachilar talabalarning savollariga javob berdilar.  Tadbir qiziqarli, bahs-munozaraga boy tarzda o’tdi.