Yangiliklar

img
Thu, 07/21/2022 - 15:24

"Jadidlar" to'plami nashr etildi

Oʻzbekiston Respubilkasi Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan “Yoshlar” nashriyot uyi tomonidan  “Jadidlar” rukni ostida sakkizta kitob jamlanmasi  nashrdan chiqdi. Mazkur jamlanmadagi Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Gʻulom Zafariy kabi kitoblar ToshDOʻTAU professorlari Bahodir Karimov, Zaynobiddin Abdirashidov, dotsentlar Olim Toʻlaboyev va Olim Usmonovlar tomonidan yozildi.
“Jadidlar” ruknidagi ushbu kitoblarning barchasiga universitetimiz professori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi Bahodir Karimov masʼul muharrirlik qilgan. Bu mo‘jaz to‘plam har bir o‘zbek ziyolisining oltin xazinasidan joy egallashi shubhasiz. Jadidlarning hayot va ijod yo‘li  yaqin tariximizning shonli, ammo qonli sahifasidir. Millat kelajagi, yurt ravnaqi uchun jonini-da ayamagan buyuk siymolar nomini abadiylashtirish yo‘lida universitetimiz ustozlarining xizmatlari tahsinga loyiq.
Jadid allomalarimiz toʻgʻrisidagi yangi kitoblar jamlanmasi barchamizga muborak boʻlsin, azizlar.