Yangiliklar

img
Tue, 02/27/2024 - 18:03

“Jadid maʼrifatparvarlarining xalqaro hamkorligi – xalq diplomatiyasining namunasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Joriy yilning 27-fevralida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida “O‘zarxiv” agentligi va O‘zbekistonda ShHTning Xalq diplomatiyasi markazi bilan   hamkorlikda “Jadid maʼrifatparvarlarining xalqaro hamkorligi – xalq diplomatiyasining namunasi” mavzusida anjuman tashkil etildi. Tadbirni ToshDO'TAU rektori, akademik Sh.Sirojiddinov ochib berdi.  Davra suhbati jadidchilik harakati va ushbu harakat namoyondalarining hali atroflicha o‘rganilmagan qirralaridan biri, yaʼni xorij jamoatchiligi bilan o‘zaro hamkorlik aloqalariga bag‘ishlandi. O‘zbekiston FA Tarix instituti direktori,
kademik Azamat Ziyo so'zga chiqib, xalq diplomatiyasini jadid ma’rifatparvarlarimizning ilmiy, ijodiy merosini xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz orasida kengroq yoyish, asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilish, hamkorlikda turli tadbirlarni tashkil etish orqali rivojlantirish mumkinligi qayd etib o‘tdi.

 

O‘zbekiston FA Tarix instituti, O‘zbekiston Milliy arxivi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Xalq diplomatiyasi markazi ilmiy xodimlari maʼruza qildilar.
Tadbirda arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi ham tashkil etilib, unda noyob fotosuratlar, arxiv materiallar namoyish etildi.