Yangiliklar

img
Mon, 12/25/2023 - 12:19

Istanbul safari samarali o'tdi

Istanbul universiteti rektorining taklifiga ko'ra universitetimiz olimi Abdumurod Tilovov o'zbek folklori va adabiyotidan dars berish va seminarlarda ishtirok etish uchun xizmat safarida bo’lib turibdi. 
Folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi dotsenti Tilavov Abdumurod safar davomida Turkiyaning nufuzli oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot markazlarida bo’ldi. 
Istanbuldagi “29 - May” Universiteti 2010 -yil tashkil qilinganiga qaramay katta yutuqlarga erishgan bilim dargohi. Vakilimiz u yerda Adabiyot, Ta’lim, Tarjimonlik, Falsafa , İngliz tili va adabiyoti fakultetlaridagi o’quv jarayoni bilan tanishdi. Ayniqsa, universitet kutubxonasi Abdumorod Tilovovda yaxshi taassurot qoldirdi. Universitet rektori professor Mustafo Sinano’g’li hamkorlik haqidagi taklifni mamnuniyat bilan qabul etdi. 
So'ngra olim  İSAM tadqiqotlar markazida bo’ldi. Markaz kutubxonasidan asosan magistr, doktorantlar foydalanishlari mumkin. Biroq markazdagi deyarli barcha adabiyotlarning elektron nusxasi hammaga ochiq.
Markaz mas’ul xodimi mehmonga kutubxona fondi haqida taqdimot qildi hamda universitetimiz bilan hamkorlikda faoliyat yıritishdan manfaatdor va mamnun ekanligini aytdi. Ayniqsa, markaz tomonidan nashrga tayyorlanib e’lon qo’lingan 46 jildlik Qomusdagi yurtimiz olim va adiblarning hayoti va ijodiga doir ma’lumotlarni boyitish borasida bizning mutaxassislarimizga ehtiyojlari borligini ta’kidladi.