Yangiliklar

img
Mon, 05/01/2023 - 20:31

Ishonchli hamkorlikning samarasi

Xabaringiz bor  N.A.Dobrolyubov nomidagi Nijniy Novgorod davlat lingvistik universiteti Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining yaqin va ishonchli hamkorlaridan biridir. Bu ikki universitet o'rtasida ilmiy, o'quv-uslubiy va akamedik almashinuv bo'yicha ko'ng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Birgina akademik almashinuv doirasida ToshDo'TAU talabalaridan iborat guruhlar NDLU, NDLU talabalari esa ToshDO'TAUda bir muddat tahsil olishgan.
2023-yilning bahorgi semestrida NDLUning Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati 2-kurs magistranti Alina Garaeva akademik almashinuv dasturi bo'yicha universitetimizda ta'lim olish uchun keldi. Talaba Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O'zbekistonning ichki va tashqi siyosati, madaniyati va tarixiga qiziqadi. Shu bois ham u universitetimizda o'z qiziqishlari bo'yicha bilim olish, amaliyot o'tash va tajriba almashish niyatida.