Yangiliklar

img
Fri, 10/27/2023 - 17:20

Iqtidorli talabalar tanlovi

2023-yil 19-mayda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining  Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Talabalar teatr studiyalari” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi qo‘shma qaroriga muvofiq universitetimizda tanlovning fakultet bosqichlari oʻtkazilmoqda. 
Xususan, 25-oktabr kuni Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetining 1 va 2- kurs  iqtidorli talabalaridan tashkil topgan "Nihol" jamoasi  tomonidan "Andishali kelin" nomli spektakl sahnalashtirildi. Mazkur namoyish barchaga birdek manzur boʻldi. 
27-oktabr kuni esa Ona tili va adabiyot ta'limi fakultetining  talabalarining "Davlat bolalari" teatr tomoshasi oʻtkazildi.  Talabalar ijrosi tomoshabinlar olqishiga arziydi. 
Har ikki spektakl mahorat bilan ijro etildi. Fakultet bosqichlari davom etmoqda. Tanlov yakunida gʻolib deb topilgan jamoa tanlovning hududiy bosqichiga yoʻl oladi.