Yangiliklar

img
Sat, 09/24/2022 - 17:56

Iqbol Mirzoning ma'ruza mashg'ulotidan

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAUda zamonamizning eng yetuk ijodkorlari talabalarga saboq berishmoqda. O'zbekiston Xalq shoiri, PhD Iqbol Mirzo,  O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi , PhD Shuhrat Hayitov  singari zamonamizning taniqli ziyolilari talabalarga ma'ruza o'qishi quvonarli. 
Yuqorida nomlari qayd etilgan ziyolilarning dars mashg'ulotlarini kuzatish va ularning pedagogik mahoratlariga baho berish biz uchun ham qiziq.
Dars jadvaliga qaradik va filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, taniqli adib Iqbol Mirzoning Ona tili va adabiyot ta'limi fakulteti kechki ta'lim shakli talabalari uchun ma'ruza mashg'ulotlariga erkin tinglovchi sifatida kirdik. Mashg'ulot haqiqatda juda qiziq o'tdi, 80 daqiqa ichida 800 sahifali ilmiy-ma'rifiy kitob o'qigandek taassurot ichidamiz! 


Umuman olganda dars mashg'ulotlariga  jamiyatimizning faol vakillarini jalb etish, ularning bo'sh vaqtlaridan ham unumli foydalanish talabalarimiz uchun juda foydali. Ular bizning talabalarga haqiqiy namunadir!