Yangiliklar

img
Sun, 03/20/2022 - 20:55

Intiluvchan va izlanuvchan magistrant

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek tili va adabiyoti mutaxassisligi Lingvodidaktika kafedrasi 1-kurs magistranti, stipendiant Shokirjon Tursun faollik bilan qator nufuzli tashkilotlarda faoliyat olib bormoqda. Jumladan, Abdulla Avloniy nomidagi xalq taʼlimi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini rejalashtirish ilmiy tekshirish institutiga oʻzaro shartnoma asosida ishga qabul qilingan. Ayni paytda, intiluvchan va izlanuvchan talaba “Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining ona tili (o‘zbek tili) fani bo‘yicha malakasini baholash hamda 14 ta fandan test tizimini ishlab chiqish loyihasi” (https://uza.uz/oz/posts/zamonaviy-yondashuv-oqib-eshitib-tushun-fikrni-ogzaki-va-yozma-bayon-qil_346451) da test tuzuvchi sifatida ishtirok etmoqda.
Shuningdek, Respublika taʼlim markazining Standartlar va baholash boʻlimining metodisti Shokir Tursun, umumtaʼlim maktablarida 1-11-sinflar kesimida baholashni nazariy jihatdan oʻrganish, toʻgʻrilash, maʼlum bir tizimga solish (https://daryo.uz/2022/02/16/avallari-darsliklar-murakkab-akademik-tilda-yozilardi-bu-oquvchini-fandan-maktabdan-bezdirdi-respublika-talim-markazi-tayyorlagan-darsliklar-chindan-ya/?utm_source=@daryo/) ishlari bilan shugʻullanmoqda. Bundan tashqari, 1-2-3-sinf darsliklarining hammuallifi hisoblangan ilgʻor magistrant yana bir loyiha: ijod maktablari uchun ona tili fanidan ta'lim dasturini (https://piima.uz/news/ijod-maktablari-uchun-ona-tili-va-adabiyot-fanlaridan-talim-dasturlari-ishlab-chiqildi) ishlab chiqishda ham qatnashgan. Ayni paytda mazkur loyiha ekspertiza jarayonida. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼlochisi koʻkrak nishoni sohibi Shokir Tursunning faoliyatini telegram kanali (https://t.me/birgap) orqali kuzatib borishingiz mumkin.